OFK litsenziyalashi talabidan kelib chiqib, professional futbol klubi yilning 31-mart sanasiga qadar qarzdorlik bilan bog‘liq masalalarni hal etishi lozim. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30-mart kuni kelishuvga erishdi. Natijada Bunyodkor litsenziyalash platformasiga lozim hujjatlarni yuklashga ulgurdi.
FIFA qaroriga ko‘ra, Bunyodkor Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni shu yilning 7-aprel sanasiga qadar bartaraf etishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi.
Qo‘shimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028-yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi.