Bu haqda Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish va choʻllanishga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.
Voqea joyiga oʻrmon xoʻjaligi masʼullari, 40 nafardan ziyod ishchi-xodimlar, 10 nafar ushbu mahalladagi yongʻin qutqaruv guruhi koʻngillilari hamda tuman IIB xodimlari yetib borgan. Ularning saʼy-harakatlari bilan yongʻin shu kuni soat 14:40 da toʻliq oʻchirilgan.
Maʼlum qilinishicha, oqibatda 1,5 gektarga yaqin yer maydonidagi qurigan oʻtlar yongan. Yongʻin Yakkatut qishlogʻida yashovchi 1956-yilda tugʻilgan fuqaro S.D ning texnika xavfsizligiga rioya qilmasdan ichimlik suvi metall quvurini payvandlashi oqibatida kelib chiqqan.
Ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 84-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.








