Boʻstonliqdagi tahminan 2 gektar yerda quruq oʻt va shox-shabbalar yonmoqda — Toshkent viloyati FVB

    Boʻstonliq tumani “Xoʻjakent” MFY togʻli hududida tahminan 2 gektar maydonda quruq oʻt va shox-shabbalar yonmoqda, deya xabar beradi oshkent viloyati FVB.

    Qayd etilishicha, bugun, 24-iyul kuni soat 11:16 da Toshkent viloyati FVBga shu haqdagi xabar kelib tushgan.

    Xabarga asosan, FVVning yongʻin-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari hamda tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga 11:30 da yetib borishgan. Ayni vaqtda yongʻin bartaraf qilinmoqda. Ushbu yongʻinni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.

    Yongʻin hududi qurshab olingan.