Usmonli madaniyatining dastlabki davrlarini aks ettiruvchi shahar tarixiy joylar va termal buloqlarni Uludağdagi yon bag'irlarida chang'i bilan birlashtiradi.
![]() |
![]() |
Bugungi kunda Bursa aholisi bo'yicha Turkiyada Istanbul, Anqara va Izmirdan so'ng to'rtinchi o'rinda turadi. eksport salohiyati bo'yicha uchinchi o'rinni egallab turibdi. “Sultonlar shahri” bo'lmish Bursada ko'plab turk sultonlarining qabri va 23 ta muzey bor. Shahar yil davomida sayyohlar bilan gavjum. Sayyohlar shahardagi 33 ta tarixiy mehmonxona va bozorlarga alohida hurmat bilan qaraydilar. Shaharning har bir ko'chasi, binosida turk me'morchiligi va tarixi ko'zga yaqqol tashlanadi. Siz o'zingizni vaqt yo'lagidan o'tayotgandek his qilasiz.
![]() |
![]() |
Ko'hna tamaddun beshigi sanalgan Bursa Vifiniya, Lidiya, Fors, Rim, Vizantiya, Saljuqiylar, Usmoniylar kabi davlatlarning boy tarixiga guvoh bo'lgan. Bursa – muhim savdo shahri. Bu erda savdo yuragi urib turadi. O'tmishda Bursa Buyuk ipak yo'lining yakuniy bekati bo'lgan edi. Bugungi kunda mintaqa YUNESKO Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. SHuningdek, Bursa YUNESKOning ijodiy shaharlari ro'yxatidan ham o'rin olgan.
![]() |
![]() |
Bursa atrofida 5200 yil muqaddam ilk odamlarning qarorgohlari paydo bo'lgan. Qadimda bu erda Sius shahri qad rostlagan. 202 yilda shahar nomi Vifiniya viloyatining asoschisi bo'lmish Prusias sharafiga Prus deya o'zgartirilgan. 395 yildan 1326 yilga qadar Bursa Vizantiya imperiyasi tarkibida bo'lgan. 1326 yilda shaharni turklar egallaydi. 1326—1365 yillarda Bursa yosh Usmoniylar davlatining poytaxti bo'ldi. Keyinchalik poytaxt edirne (Adrianopol)ga ko'chiriladi, ammo Bursa o'zining ahamiyatini yo'qotmadi. SHahar mamlakatning savdo va ma'naviy poytaxti bo'lib qolaverdi.
2022 yilda Bursa shahri Turk dunyosi madaniyat poytaxti bo'ldi.
Abu Bakir O'rozov,
jurnalist





