Butunjahon Boks uyushmasi dekabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Noyabr oyida Olimjon Nazarov reytingni tark etgan boʻlsa, dekabrda Elnur Abduraimov ushbu roʻyxatdan chiqib ketdi.
Shu tariqa, reytingda 10 nafar charm qoʻlqop ustamiz qoldi.
Ularning joylashgan oʻrinlari bilan tanishing:
Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov oʻtgan oydagi oʻrniga nisbatan 3 pogʻona yuqorilab, 14-oʻringa joylashdi;
Super oʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdugʻofurov 1 pogʻona koʻtarildi va 11-oʻringa joylashdi; Bektemir Meliqoʻziyev esa 26-oʻrinni band etdi, oʻtgan oyda u 25-pogʻonada edi;
Super yarim oʻrta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov doimgidek 8-oʻrinda;
Yarim oʻrta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov oʻtgan oydagidan pogʻona pastlab 18-oʻringa joylashdi; Shahram Gʻiyosov 21-oʻrin, Gʻiyosov oʻtgan oyda 20-oʻrinda edi; Jamshidbek Najmitdinov oʻtgan oydagi kabi 29-oʻrinda;
Super yengil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 11-oʻrinda qayd etildi, bokschimiz oʻtgan oyda 13-oʻrinni band etib turgandi, Botir Ahmedov 3 pogʻona yuqorilab 22-oʻringa joylashtirildi;
Birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): Hasanboy Doʻsmatovning oʻtgan oydagi kabi 13-oʻrinni band etgan.