Yuqori harorat uzoq davom etgan Sibir jaziramasi vaqtida kuzatilgani aytilmoqda. Oʻtgan yozda Sibirning Arktika hududida oʻrtacha harorat meʼyordan 10 daraja yuqoriga koʻtarildi. Bu esa halokatli yongʻinlarni kuchaytirib, dengizdagi muzliklarning erishiga sabab boʻldi.
“Arktikadagi ushbu yangi ekstremal harorat Butunjahon meteorologiya tashkilotiga taqdim etilgan kuzatuvlarimizdan biri boʻlib, iqlim oʻzgarishi haqida ogohlantiruvchi signaldir”, dedi Butunjahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi, professor Petteri Taalas.
Hozirda mutaxassislar Kaliforniyadagi Oʻlim vodiysida 2020 va 2021-yillarda qayd etilgan +54,4 darajadagi harorat koʻrsatkichlarini tekshirmoqda. Shuningdek, joriy yilning yozida Yevropada, xususan Italiya Sitsiliyasida kuzatilgan +48,8 daraja issiqni tasdiqlash boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.
Arktika Yerdagi issiq taʼsiri tez seziladigan mintaqalardan biridir. Olimlarning fikriga koʻra, dunyoning boshqa qismlariga qaraganda taxminan ikki baravar tez isiydi.