Shu bois mazkur tashkilot xastalik global ofatga aylanishining oldini olish uchun zudlik bilan tegishli profilaktik choralar koʻrishga chaqiruvchi deklaratsiyani eʼlon qildi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati JSST bergan maʼlumotlarga tayanib.
Qayd etilishicha, kasallikning tarqalish surʼati ham, koʻlami ham oshmoqda. Agar oʻz vaqtida zarur tadbirlar amalga oshirilmasa, kelgusida bu xavfli dard millionlab insonlar oʻlimi va nogironligiga sabab boʻlishi mumkin.
Demak, bu borada dunyo mamlakatlari oʻzaro saʼy-harakatlarini birlashtiradigan payt keldi. Oʻz navbatida, JSST ham bu borada shoshilinch chora-tadbirlarni belgilashi shart.
Bu esa maymun chechagi epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qilish uchun asos boʻldi.
“Biz shoshilinch choralar koʻrish orqali kasallikni jilovlashimiz mumkin. Buning uchun infeksiya simptomlari va asoratlari, ehtiyot choralari haqida aholini kengroq xabardor qilishimiz zarur” deyishmoqda ekspertlar.
Shundan kelib chiqib, bugun Butunjahon sogʻliqni saqlash tarmogʻi (WHN) maymun chechagi epidemiyasini pandemiya deb eʼlon qildi.