Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.Fargʻona viloyati IIB JQB TEQKB va tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz," deyiladi xabarda.