Buvaydalik Xuvayda momo 130 yoshga kirdi

    Fargʻona viloyati Buvayda tumani Poshshopirim qishlogʻida yashovchi Xuvayda momo Umarova joriy 2025-yilda 130 yoshni qarshi oldi.

    Momo 1895-yilda 1-yanvarda tavallud topgan. Farzandlari 7 nafar boʻlgan, hozir 5 nafari hayot.

    Nevaralari 32, chevaralari 87, evaralari 118 nafar, begonalari esa 5 nafar. Eng katta nevarasi Jumaqoʻzi bobo hozir bir kam yetmish yoshda.

    «Biz bugun Xudayda momoni qoʻngʻiroq qilib tabrikladik. Yangi yil va tabarruk yosh bilan qutladik«, deb yozadi jurnalist Xurshid SULTONOV oʻz sahifasida