Musobaqada Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Farangiz Rechepova ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlanishicha, sportchi ikki yillik tanaffusdan so‘ng katta sportga qaytib, kuchli raqobat sharoitida sovrindorlar safidan joy oldi. Ushbu natija uning matonati, irodasi va uzluksiz mehnati samarasi sifatida baholanmoqda.
Institut jamoasi Farangiz Rechepovani ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak natijalar tiladi.