Madaniy meros agentligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, 21 avgust kuni soat 12:07 da "Antikvariat va numizmatika Uzbekistan" Telegram guruhiga Buxoro Ark majmuasi kolleksiyasidan 7 dona rasm joylashtirilgan, ular ostida hech qanday izoh berilmagan. Aniqlanishicha, Ark Buxoro viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ekspozitsiyasidagi 7 ta vitrina eksponatlari suratga olib tashlangan.
Muzey xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganishlar natijasida eksponatlar o‘z joyida ekanligi, ular hech qanday savdoga chiqarilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, muzey mas’ullarining fikricha, ushbu ma’lumotlar sayohatga kelganlar tomonidan joylashtirilgan.
"Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud", deyiladi xabarda.









