Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat boʻlinmasi “Buxorcha” ashula va raqs ansambli “Chorzarb” Buxoro anʼanaviy turkum qoʻshiqlaridan iborat videoasarni 2020-yil 30-may kuni “World Folk Vision 2020” milliy madaniyat va sanʼat butun jahon onlayn festival konkursida taqdim etdi.

Ushbu festivalda 115 ta mamlakatdan 1100 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar orasidan “Buxorcha” ashula va raqs ansambli final bosqichiga chiqdi.

Final bosqichida ishtirok etgan 20 ta davlatdan 29 ta jamoa orasida Buxoro viloyati “Buxorcha” ashula va raqs ansambli festivalning “Raqs” nominatsiyasi boʻyicha 4-oʻrin sohibi boʻldi.