Murossasiz va keskin kurashlarga boy kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va bahs 0:0 natija bilan yakunlandi.
G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi raqibini 5:3 hisobida mag‘lub etib, yuqori mahorat va matonat namoyon qildi.
Ushbu g‘alaba orqali institut jamoasi musobaqaning respublika final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Institut jamoasi a’zolari hamda murabbiylar tarkibi ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklanib, respublika final bosqichida omad tilab qolindi.