Tadbir davomida adibning hayot yo‘li, serqirra ijodiy faoliyati hamda milliy adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, uning asarlaridagi insonparvarlik, vatanparvarlik, ezgulik va ma’naviyat g‘oyalari alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda Nurtuxta Qilich talabalari bilan ochiq muloqot qilib, ilm olishning ahamiyati, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni hamda ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, adibning hayotiy tajribasi va ijodiy faoliyatiga oid qimmatli tavsiyalardan bahramand bo‘ldilar.

Ta’kidlanishicha, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda ustoz-shogird an’analarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.