Mazkur mehmonxonada Buxoro davlat texnika universitetidagi Turizm va mehmondoʻstlik yoʻnalishining 87 nafar talabasi dual taʼlim asosida ish faoliyatini boshladi.

Talabalar oʻqish bilan bir qatorda amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega boʻlib, ular 3 mahal bepul ovqat, bepul yotoqxona hamda oyiga 2–3 million soʻm miqdoridagi maosh bilan taʼminlanmoqda.

Taʼkidlash joizki, Buxoro davlat texnika universiteti dual taʼlim tizimini joriy etish va rivojlantirish borasida respublikamizdagi eng ilgʻor oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet tomonidan ishlab chiqarish korxonalari va xizmat koʻrsatish sohasidagi tashkilotlar bilan yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorlik natijasida talabalar oʻqish davridayoq ish tajribasiga ega boʻlib, munosib daromad topish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Dual taʼlim tizimi talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirish, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan malakali mutaxassis sifatida shakllanish imkonini bermoqda.