Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 20 yoshli talabasi vafot etdi

    Tashvishli xabar 29 Fevral 2024 426

    Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Hindistonlik talabasi vafot etdi.

    Dastlabki berilgan maʼlumotlarga koʻra, 2003-yilda tugʻilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmel kecha, 28-fevral kuni talabalar turar joyidagi oʻz xonasida sogʻligʻi yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.

    Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Koʻrsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi, aʼlochi talabalarimizdan biri Navas Nasmel vafot etdi.

    RSTEIAM Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga koʻra, marhum ikki tomonlama oʻpkalarning total pnevmoniyasi natijasida yuzaga kelgan oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.