Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi

    Xalqaro hamkorlik 14 Iyul 2022 1902

    16-20-may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida oʻtkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Buxoro deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida eʼtirof etildi.

    Hujjat BMTning oltita rasmiy tiliga – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillariga tarjima qilinib, BMTning barcha aʼzo davlatlar, ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.

    Buxoro deklaratsiyasi maʼrifat va bagʻrikenglik madaniyati gʻoyalarini ilgari surish, turli din vakillarining milliy anʼanalarini hurmat qilish va ularning huquqlarini taʼminlash, konstruktiv muloqotni mustahkamlashga qaratilgan.