Buning uchun zavodda yuqori oktanli avtomobil benzini ishlab chiqarishni yoʻlga quyish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazildi hamda texnologik qurilmalarda rejim tanlandi. Natijada AI–98 yuqori sifatli etillanmagan benzin ishlab chiqarish oʻzlashtirildi.
AI–98 markali avtomobil benzini, asosan, siqish darajasi 12 dan 14 gacha boʻlgan dvigatelli avtomobillarda ishlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonatsiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi hamda tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytiradi, shuningdek, yonilgʻi sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“Oʻzstandart”) tomonidan AI–98 avtomobil benzinini seriyali ishlab chiqarish uchun OʻzDSt 3031:2015 “Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar” muvofiqlik sertifikati olindi.
Quvonarlisi, AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi va 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI–91, 13,1 ming tonna AI–92 1,4 ming tonna AI–95, shundan 848 tonnasi “QuWatt” rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilishi kutilyapti. Shuningdek, 14,9 ming tonna Yevro–4, 11,4 ming tonna Yevro–5 rusumidagi dizel yonilgʻilari ishlab chiqarilishi, 2021-yilning ikkinchi yarim yillik yakuniga qadar “Uzbekneftegaz GTL” sintetik kerosinini saqlash uchun 5 000 kub metr hajmda 2 dona saqlash sigʻimlarini qurish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Quvonarlisi esa, bugungi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 19 dan ortiq markaga ega boʻlgan 9 ta turdagi mahsulot ishlab chiqariladi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.









