2022-yil 22-yanvar kuni oʻtkazilgan navbatdagi tanlov natijalariga koʻra, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi “Xavfsizlik talablariga rioya qilish boʻyicha eng ilgʻor oʻta muhim obyekt” va “Oʻta muhim va toifalangan obyektlardagi eng ilgʻor Fuqaro muhofazasi tuzilmasi" nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb topildi. Kubok va sertifikatlar Oʻta muhim obyektlar xavfsizligini taʼminlashni tashkil etishni nazorat qilish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining yigʻilishida topshirildi.
Taʼkidlash joizki, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishchilarning hayoti va sogʻligʻini saqlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ishonchli ishlashini taʼminlash, tizim korxonalarining yongʻin va sanoat xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani oʻz samarasini bermoqda, oʻz navbatida buning natijasi misolida ushbu eʼtiroflarni aytishimiz mumkin. Shuningdek, Zavoddagi barcha mutaxassislarning va butun jamoaning har tomonlama hamjihatligi ham bu muvaffaqiyatga sabab boʻldi.
Bu haqda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Matbuot xizmati xabar qildi.