“Buxoro NQIZ” modernizatsiya qilish va qayta qurish» loyihasi mavjud quvvatlarni qayta ishlash chuqurligini 79 foizdan dan 95 foizga gacha oshirish, yorugʻ neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 77 foizdan 91 foizgacha oshirish va Yevro 5 standarti talablariga javob beradigan neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan.
Ushbu loyiha doirasida umumiy naftani gidrotozalash, yengil naftani izomerizatsiya qilish, vodorod tozaligini oshirish uchun qisqa siklli adsorbsiya qurilmalari va mazutni katalitik krekinglash kompleksini yangidan qurish hamda nordon gazlarni aminli tozalash, gazoylni gidrotozalash va neft va gaz kondensati aralashmalarini atmosfera distillash qurilmalarini qayta qurish rejalashtirilgan.
Taʼkidlash kerak, neft-kimyo va energetika sanoatida loyihalash va qurish boʻyicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri boʻlgan “Honeywell UOP” kompaniyasi litsenziya va texnologik uskunalarning pudratchisi sifatida mamlakatimizda 20 dan ortiq yirik loyihalarda ishtirok etgan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 6-iyul kuni “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va Janubiy Koreyaning “SK Engineering & Construction” kompaniyasi prezidenti Djeyson Ann Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish va qayta qurish boʻyicha shartnoma imzolagan edilar.