Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, avtobuslar Progress Mega Trans MCHJ tomonidan olib kelingan bo‘lib, Buxoro shahrida tashkil etilayotgan yangi yo‘nalishlar tarmog‘ida brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur avtobuslar shaharda transport tizimini takomillashtirish, tirbandliklarni kamaytirish, shuningdek, ekologik tozalik va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy etilmoqda.