Sharq-1 mavzesida joylashgan AT Xalq banki Buxoro shahar filialiga tegishli boʻlgan 997,7 m² dan iborat savdo va ishlab chiqarish majmuasi, 2020-yil 25-martdagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan “DILIM NUR STROY” MCHJga sotilgan. “DILIM NUR STROY” MCHJning murojaatiga asosan Buxoro viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashining 2020-yil 10-dekabrdagi 38-sonli yigʻilish bayonining 8-bandida “DILIM NUR STROY” MCHJga tegishli bino-inshootlarni buzib, oʻrnida birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish xamda yuqori qavatlarida turar joy binosi qurilishi uchun tanlangan yer maydoni joylashuvi kelishilgan boʻlsa-da, qayta qurish asos boʻladigan hujjatlar (shahar qurilish boʻlimining ruxsatnomasi, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, loyiha-smeta hujjatlari, ekspertiza xulosasi hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organ xabardor qilinmasdan “DILIM NUR STROY” MCHJ tomonidan oʻzboshimchalik bilan poydevor qurilishi ishlari olib borilayotganligi maʼlum boʻldi. “DILIM NUR STROY” MCHJga Buxoro viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil 16-fevralda 21-sonli qurilish ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantirish xati berildi.

2. Sharq-1 mavzesi hududidan Buxoro shahar hokimining 2019-yil 6-noyabrdagi 5380-sonli qarori bilan “DEVELOPED HOUSE” MCHJga savdo, maishiy xizmat koʻrsatish majmualari, koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy binolari qurish va hududga tutash yerlarni obodonlashtirish uchun 600 m² yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan.

Buxoro viloyat qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashining 2020-yil 17-dekabrdagi 39-sonli yigʻilish bayonining 17-bandiga muvofiq shahar hokimligi zaxira yerlari xisobidan birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat koʻrsatish xamda yuqori qavatlarida turar joy binosi qurilishi uchun tanlangan yer maydoni joylashuvi kelishilgan.

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, loyiha-smeta xujjatlari, ekspertiza xulosasi hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organ xabardor qilinmasdan, “DEVELOPED HOUSE” MCHJ tomonidan oʻzboshimchalik bilan poydevor qurilishi ishlarini olib borayotganligi aniqlandi. Buxoro viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil 16-fevral kuni “DEVELOPED HOUSE” MCHJga 20-sonli qurilish ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantirish xati berildi.

3. Sharq-1 mavzesidan tegishli huquqiy hujjatlar, shuningdek, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, loyiha-smeta hujjatlari, ekspertiza xulosasi hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organ xabardor qilinmasdan “SHARQ JEMCING CITY” MCHJ tomonidan 600 m² yer maydoni egallab olinib, oʻzboshimchalik bilan poydevor qurilishi ishlari olib borilayotganligi aniqlandi. Buxoro viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil 16-fevral kuni “SHARQ JEMCING CITY“ MCHJga 23-sonli qurilish ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantirish xati berildi.

4. Sharq-1 mavzesidan tegishli huqukiy hujjatlar, shuningdek, arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi, loyiha-smeta hujjatlari, ekspertiza xulosasi hamda qurilish-montaj ishlarini boshlash yuzasidan vakolatli organ xabardor qilinmasdan, “Norqulova Roza Stroy“ MCHJ tomonidan 600 m² yer maydonida oʻzboshimchalik bilan poydevor qurilishi olib borilayotganligi aniqlandi. Buxoro viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2021-yil 16-fevral kuni “Norqulova Roza Stroy“ MCHJga qurilish ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantirish xati berildi.