Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi maʼlum qildi.

Buxoro shahrini 2022- yilda Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror forum doirasida qabul qilindi.

ForumdaTurkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bagʻdod Amreyev, Baykar Technology kompaniyasining texnologik direktori Selʼjuk Bayraktar, Turkiya yoshlar va sport vaziri Xalis Yunus Ersyoz, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi.

Tadbir soʻngida Buxoro shahrining birinchi Turkiy dunyo yoshlar poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan qoʻshma qaror va 2022- yil davomida Buxoro shahrida amalga oshirish rejalashtirilgan harakatlar rejasi imzolandi.