Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudida Buxoro viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandi, 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan X. J. (erkak, 1973-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, Buxoro tumani hokimi lavozimida ishlagan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan koʻrib chiqildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudining 2023-yil 16-dekabrdagi ajrimi bilan Buxoro viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi X. J.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.