Buxoro tumani hududida joylashgan 1 gektar yer maydonda hunarmandchilik markazi tashkil etildi. Bu yerda qisqa vaqt ichida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Markaz asosiy uch binoga boʻlingan. Birinchi binoda tasviriy sanʼat muzeyi, restoran hamda sayyohlar uchun mehmonxona oʻrin egallagan.
Ikkinchi binoda Buxoro ipak qogʻozi, kashtachilik namunalari, somondan tasviriy sanʼat asarlari tayyorlanadi. Uchinchi binoda esa yogʻoch oʻymakorligi ustaxonasi joylashgan.
Markazda hozirda Akmal Muhiddinov boshchiligida 30dan ortiq hunarmand yuqorida keltirilgan yoʻnalishlarda ish faoliyatini olib boradi. Bundan tashqari, hozirda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hunarmandchilik yoʻnalishlaridan tashqari tosh oʻymakorligi, xattotlik, miniatura yoʻnalishlarida ham oʻquv kurslari tashkil qilinadi.