Santa Fe. Nyu Meksiko shtati poytaxti va Amerikaning eng qadimgi shaharlaridan biri. Oʻziga xos madaniyat oʻchogʻi.
Santa Fe da siz, hali ham hindularning qayta ishlangan materiallardan va loydan qurilgan uylarini uchratishingiz mumkin.
Bu yerlarning birinchi aholisi hind qabilalari boʻlgan. Tarixchilarning fikriga koʻra, ular eramizdan avvalgi 10 ming yil oldin yashab oʻtgan.
Qabilalarning loy va toshdan yasalgan binolarining asosiy qismi bugungi kungacha saqlanib qolgan va muhim ahamiyatga ega. Baʼzilari muzeylarga aylantirilgan.
Shaharda koʻplab qadimiy ibodatxonalar meʼmoriy yodgorliklar va asosiysi noodatiy, kreativ hamda tarixiy muzey va galereyalar mavjud.
Bu yerda 10 ta davlat muzeyi va 200 dan ortiq galereyalar bor.
Santa Feda galereyalardan oʻzingizga yoqqan tarixiy eksponatni xarid qilish imkoniyati yoʻlga qoʻyilgan
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda AQSHning Nyu Meksiko shtati Santa Fe shahrida boʻlib oʻtgan “International Folk Art Market” Xalqaro xalq sanʼati yarmakasida Buxoro viloyati delegatsiyasi qatnashmoqda.
Tashrif davomida, Buxoro delegatsiyasi Nyu Meksiko shtati Madaniyat ishlari departamenti rahbari Piter N. Ayvz bilan ham uchrashdi.
Uchrashuv davomida, tomonlar hamkorlikda muzey va galereyalar bilan yaqindan tanishish va bu borada Buxoroda Santa Fe tajribasini joriy etish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish, yosh hunarmandlarning kulolchilik, kashtadoʻzlik,yogʻoch oʻymakorligi, rassomchilik boʻyicha davlatlararo tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish,
master-klass darslarini tashkil etish va Buxoro hunarmandlari galereyalariga Nyu Meksikoda asos solinishi, shuningdek, taʼlim va sport, muzeylar faoliyati hamda ularga oid kreativ yondashuvlarning Buxoro muzeylarida tadbiq etilishi kabi takliflar ilgari surildi.
Barcha ilgari surilgan takliflar, joriy yilning oktyabr oyida Santa Fe delegatsiyasining Buxoroga rasmiy tashrifi doirasida imzolanadigan memorandumga kiritiladi.
Tashrif va uning doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.