Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari faxriy sudyalari taqdirlandi

    Sudyalar oliy kengashi axborot xizmatiga koʻra, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sud tizimida uzoq va samarali faoliyat koʻrsatgan faxriylar “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

    Jumladan, Qashqadaryo viloyat sud raisi oʻrinbosari – fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Ergash Umirov, uzoq yillar Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida sudya boʻlib faoliyat yuritgan Abdurahmon Karimov hamda Tursunboy Tangriyevga “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

    Maʼlumot oʻrnida, “Sud faxriysi” koʻkrak nishoni Davlat rahbarining tegishli Farmoniga binoan joriy etilgan boʻlib, odil sudlovni amalga oshirishda uzoq yillar samarali mehnat qilib, pensiyaga chiqqan sudyalarga topshiriladi.