Masalan, Xorazmga 6 million mahalliy va xorijiy sayyoh olib kelish reja qilingan boʻlsada, Xorazmga haftasiga 52 ta aviareys va 23 ta poyezd qatnovida tashilayotgan yoʻlovchilar yiliga 800 mingdan oshmayapti. Buxoro va Samarqandga kelgan turistlarning koʻpchiligi Xivaga aviareys boʻlmagani uchun qaytib ketayapti.
Yana bir misol, yetti yilda xususiy klinikalar soni 3 karra oshdi. Koʻp klinikalar olib kelingan brend tibbiy uskunalarni roʻyxatdan oʻtkazish 6 oygacha choʻzilayotganidan norozi boʻlib, chetdan keladigan uskunalarni soddalashgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish taklifini beryapti.
Joylarda tibbiy laboratoriya ochish uchun tadbirkorlar akkreditatsiyadan oʻtishga oylab vaqt sarflayapti. Toʻsiqlar juda koʻp. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, har bir viloyatda 10 nafardan shunday tadbirkorlar bor. Ular 1 million dollardan pul tikib, laboratoriya ochishga tayyor.