Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.N. “Z.” bogʻdorchilik shirkati tomonidan otasi va fuqaro F.ga bogʻdorchilik bilan shugʻullanish uchun ajratilgan 0,20 gektar yer maydonini fuqaro U.ga firibgarlik yoʻli bilan 20 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, vakolatli tanishlari orqali uning nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Hazorasp tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.Yu.va R.M.lar fuqaro O.ga uy-joy qurishi uchun tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 2,4 sotix yer uchastkasini firibgarlik yoʻli bilan 15 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.