Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashda oqsoqlikka yoʻl qoʻygani ayrim tuman hokimlarini ogohlantirdi.
Jumladan:
Buxoro shahar hokimi J.Nosirov,
Kogon shahar hokimi H.Davlatov,
Olot tumani hokimi N.Neʼmatova,
Shofirkon tuman hokimi A.Fayzilloyev,
Qorakoʻl tumani hokimi X.Tohirov,
Peshku tumani hokimi V.Qahhorov qattiq ogohlantirildi.
Shuningdek, 1-iyulgacha ushbu hokimlar belgilangan koʻrsatgichlar ijrosini taʼminlamagan taqdirda ularga intizomiy jazo chorasini koʻrish qayd etilgan.