Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obyektlarda quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashda oqsoqlikka yoʻl qoʻygani ayrim tuman hokimlarini ogohlantirdi.

Jumladan:

Buxoro shahar hokimi J.Nosirov,

Kogon shahar hokimi H.Davlatov,

Olot tumani hokimi N.Neʼmatova,

Shofirkon tuman hokimi A.Fayzilloyev,

Qorakoʻl tumani hokimi X.Tohirov,

Peshku tumani hokimi V.Qahhorov qattiq ogohlantirildi.

Shuningdek, 1-iyulgacha ushbu hokimlar belgilangan koʻrsatgichlar ijrosini taʼminlamagan taqdirda ularga intizomiy jazo chorasini koʻrish qayd etilgan.