Joriy yilning 9-14fevral kunlarida Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 66 ta holatda 3,6 mln. kVt⋅soat (jami 1,7 mlrd soʻm) elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 18 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi. Xususan:

- Gʻijduvon tumanida joylashgan “Mirzayon zamini sardori” fermer xoʻjaligi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanishi natijasida 428 mln soʻm;

- Shofirkon tumanida fuqaro U.I. ga tegishli qum tarkibidan rangli metal ajratish uskunasi elektr tarmogʻiga noqonuniy ravishda, oʻzboshimchalik bilan ulanishi natijasida 134 mln. soʻm qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.