Chiqindilarni boshqarish agentligining xabar berishicha, ushbu yirik sanoat obyekti Xitoy Xalq Respublikasining “Wangneng Environment” kompaniyasi ishtirokida barpo etilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 140 million AQSH dollarini tashkil etib, u toʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtirilmoqda.

Mazkur zavod ishga tushgach, yiliga 547,5 ming tonna qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻladi. Natijada hududda yiliga 230 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Shuningdek, ushbu yangi korxona hudud aholisi uchun qoʻshimcha 150 ta yangi ish oʻrni yaratilishiga xizmat qiladi.