Boʻlib oʻtgan muloqotda noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishi, ularni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketmaslik, atmosfera havosini muhofaza qilish, shuningdek, oʻsimlik dunyosiga yetkazilayotgan zararlar, xususan moratoriy davrida daraxtlarning kesilishiga yoʻl qoʻymaslik, davlat ekologik nazoratni kuchaytirish bilan bogʻliq murojaatlar bayon etildi.

Mazkur sayyor qabulda murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlarga masʼul ijrochilar biriktirilib, qisqa muddatlarda ijobiy hal etish choralari koʻrildi.