Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Tadbirda aeroportning raqobatbardoshligini oshirish va xarajatlarni optimallashtirish dasturini amalga oshirish, shuningdek, aeroportni yana-da rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar masalasi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, yigʻilishda aeroport direktorini almashtirish va direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchisini tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Muzokaralar natijasiga koʻra, mazkur tashkilotda 20 yil davomida ishlagan Jahongir Rahimov “Buxoro” xalqaro aeroporti direktori etib tayinlandi.