Mazkur Forumda Oʻzbekistonga ilk bor tashrif buyurayotgan Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibining ishtiroki kutilyapti..
Qolaversa, Yevropa parlamenti hamda Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Bolgariya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Malayziya, Tayland, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Qirgʻiziston kabi oʻnlab mamlakatlar parlamentlari aʼzolari, shuningdek, qator nufuzli xalqaro tashkilotlar va parlamentlararo tuzilmalar vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Yevropa parlamenti, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Bolgariya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Malayziya, Tayland, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Qirgʻiziston parlamentlari aʼzolari hamda 30 nafardan ortiq xalqaro tashkilotlar ekspertlarining maʼruzalari, taklif va tavsiyalari eshitiladi.
Xalqaro forumning asosiy tematik yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
— Barqaror rivojlanish maqsadlarining samarali bajarilishini taʼminlashda parlamentning roli;
— Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
— Barqaror rivojlanish maqsadlarining statistik koʻrsatkichlarini shakllantirish;
— Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilikning ishtiroki;
— Barqaror rivojlanish maqsadlarining bajarilishida parlament nazorati, monitoring va baholashning ahamiyati;
— Barqaror rivojlanish yoʻlida dunyo parlamentlari oʻrtasida xalqaro muloqot va global hamkorlikni rivojlantirish.
Global forum yakunida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik boʻyicha Buxoro deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.