Loyiha doirasida bu yil respublikamiz boʻylab 9440 ta mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Huquqiy maslahat” markazini tashkil etish koʻzda tutilgan. Bu orqali 18 ming 880 ishchi oʻrni paydo boʻladi, deb xabar bermoqda federatsiyasi matbuot xizmati.

Bundan tashqari, federatsiya tomonidan “Huquqiy maslahat” markazlari tashkil etish orqali har bir mahallada “Isteʼmolchi daftari” shakllantiriladi. U mahalladagi mavjud xonadonlarda yashovchi aholining uy-joy, kommunal xizmat, servis va xizmat koʻrsatish, transport, aloqa va kommunikatsiya, savdo va umumiy ovqatlanish, tibbiy xizmat koʻrsatish va boshqa sohalarga doir muammolarini jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.