Buxoroda 1 milliard soʻmlik “Svet“dan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma“ fosh etildi

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro L. N. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 milliard 22 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.