Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 525 kilometr janubiy-g‘arbda, Jondor tumanida joylashgan.
O‘zbekiston hududida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi bugun, 21 may kuni soat 12:29 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 3,4 ga teng, chuqurligi 10 kilometrda qayd etilgan.
Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 525 kilometr janubiy-g‘arbda, Jondor tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari 40,26 daraja shimoliy kenglik, 63,13 daraja sharqiy uzunlikka teng.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Gazli shahrida 2 ball, 31 kilometr.