Bank mansabdori «Asakabank» Buxoro viloyati filiali mansabdori OTB mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 2 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, bir guruh shaxslar, yaʼni “G.B.A.» MCHJ rahbari, «Asakabank» Buxoro viloyati filiali boshqa mansabdorlari, «Asakabank» bosh ofisi mansabdor shaxslari hamda “K.s” MCHJ mansabdorlari bilan oʻzaro jinoiy til biriktirgan.

Ular «Asakabank»ning 2017-yilga moʻljallangan kredit siyosatida belgilangan kredit ajratishning umumiy mezoni talablariga zid ravishda, kredit summasining garov taʼminoti bilan yetarli miqdorda taʼminlanmaganini bila turib, kredit yigʻma jilddagi ayrim hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan 2 mln dollar miqdoridagi kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish hamda mansab soxtakorligida ifodalangan xatti-harakatlari bilan kredit qaytarilishini taʼminotsiz qoldirib, davlat va bank manfaatlariga kredit asosiy qismi toʻlanmagani natijasida 1 282 630 AQSH dollari (ekvivalentda 13,5 mlrd soʻm) hamda foiz va penya qarzdorligi hisobidan 358 084 AQSH dollari (ekvivalentda 3,7 mlrd soʻm) miqdorida zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.