Buxoroda ayol qizining badaniga qizigan kapgir bosdi

    Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ayol oʻzining 9 yoshli qizining badaniga qizigan kapgir bosib jarohatladi.

    Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan.

    Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.J. (1990-yilda tugʻilgan ayol) joriy yilning 25-oktyabr kuni uyining oshxonasida 2015-yilda tugʻilgan qizi B.A. ning qoʻllari va yuz qismiga qizigan oshxona temir “kapgiri”ni bosib, qizi B.A. ga tan jarohati yetkazganligi aniqlandi.

    Shuningdek voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

    Hozirda voyaga yetmagan B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.

    Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi TG tomonidan M.J. ga nisbatan JKning 126 (1) moddasi 3 -qismi (Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi.