Holat Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd tadbiri olib borilayotgan vaqtda yuz bergan. Unda tuman Ekologiya bo'lim boshlig'i, inspektor Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralangani aytilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, inspektor Qorovulbozor hududida noqonuniy ov qilinayotganidan xabar topgan. Holatga chek qo'yish maqsadida voqea joyiga borganida esa brakoner tomonidan o'q uzilishi natijasida qo'lidan yaralangan. Brakoner voqea joyidan yashiringan.

Inspektorga tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Ayni damda uning ahvoli yaxshi. Tekshirish davomida ov qilish maqsadida kelgan va ushbu qilmishni sodir etgan shaxslar aniqlandi. Ulardan 2 dona ov qurollari xolislar ishtirokida olib qo'yildi.

Qorovulbozor tumani ekologiya boshlig'i olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.