Buxoroda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya“ tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.S. ga qarashli noturar binoda 22 dona “Antminer L3+” rusumli mayning qurilmalar yordamida “mayning ferma” tashkil qilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 2,1 mlrd soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

    Shuningdek, binoni koʻzdan kechirish vaqtida elektr taʼminotidan uzilgan holatdagi 4 dona “Whatspower P21” va 28 dona nosoz “Antminer L3+” rusumli mayning qurilmalari ham aniqlanib, tegishli tartibda olib qoʻyilgan.