Buxoroda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma“ fosh etildi

    “Oʻzenergoinspeksiya“ Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qoʻyishga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qorakoʻl tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. H. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 271 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

    Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.