Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda “T. M.“ yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli qurilish binosi shartnomasiz elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra taʼminot korxonasiga 1 mlrd 94 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.