баннер
1 Apr 2025
13:45

    Buxoroda elektrdan noqonuniy foydalangan klinika aniqlandi

    “Buxoro HETK“ AJ Buxoro shahar elektr taʼminoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tadbirda shahar hududida faoliyat olib borayotgan “K.D.A“ MCHJga qarashli klinika elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, tijorat maqsadida tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib, 558 mln soʻmlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat boyicha toʻplangan hujjatlar MCHJ mansabdor shaxslarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech