Oʻtkazilgan nazorat tadbirida Gʻijduvon tumanida joylashgan “M. T.” fermer xoʻjaligida 2 ta suv nasos qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 182,1 million soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.