Oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.S., Sh.S., va A.M.lar bir dona qora rangli toshni guyoki, olmos ekanligiga ishontirib, aldash yoʻli bilan fuqaro A.D.ga 500 ming dollarga sotishga kelishib, shundan 4,5 mlrd soʻm va 51 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Tadbir davomida fuqaro N.S., Sh.S., A.M.ning yana bir jinoyati fosh etildi.

Jumladan, jinoiy guruh bir dona zar matodan ishlangan kamar, bir dona charmdan ishlangan hamyon va bir dona kumushdan ishlangan qoʻlbola muhrni Buxoro amirlariga tegishli ekanligi va ular tarixiy ahamiyatga ega noyob buyumlar sirasiga kirishini, fuqaro A.D.ni yana-da ishontirish maqsadida tarixiy fotosuratlarni qalbakilashtirib, ularni 100 ming dollarga sotishga uringanligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro A.M. tomonidan kelgusida fuqarolarni ishonchiga kirib, ularni aldash yoʻli bilan noqonuniy daromad orttirish maqsadida oʻzida saqlab kelayotgan 32 turdagi jami 247 dona turli xildagi tosh va zargarlik buyumlarini ixtiyoriy ravishda taqdim etganligi protsessual rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqaro N.S., Sh.S., A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.