Murojaat mazmuniga ko'ra fuqaro  Buxoro  shahrida  joylashgan engil avtomobillar sotish savdo korxonasidan “Neksiya-3” rusumli avtomobil xarid qilish uchun shartnoma qilgan, ammo shartnoma muddati tugagani va xarid qilgan avtomobilini o'z vaqtida olmaganidan norozi bo'lgan. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan iste'molchining “Neksiya-3” rusumli avtomobili (75 930 613 so'm) tez vaqtda olib berildi hamda uning buzilgan huquqi tiklandi.

Hurmatli iste'molchi! Agarda sizning iste'molchi sifatidagi huquqlaringiz buzilsa, O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari   federatsiyaning yagona qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin 1091.

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini

 himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

 axborot xizmati