Profilaktika inspektorlari qora Gentra.dan shubhalanib, uni to‘xtatishga uringan. Biroq haydovchi xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida avtomashina to‘xtatilgan. Tekshiruvda mashinaning orqa o‘rindig‘i olib tashlanib, jigarrang ho‘kiz yuklangani aniqlangan.
Dastlab haydovchi molni qarindoshining uyidan olib kelayotganini aytgan. Biroq “qarindosh” haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan. Shundan so‘ng tezkor-tergov guruhi chaqirilgan.
Dastlabki surishtiruv davomida fuqaro molni o‘g‘irlagani aytgan. Ho‘kizning bozor narxi taxminan 10 million so‘mga baholangan.
Gumondor – Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro avval ham o‘g‘irlik uchun sudlangan. Hozir uning Buxorodagi boshqa o‘g‘irliklarga aloqasi bor-yo‘qligi ham tekshirilyapti.